20:26 Xitoy Belorussiyaga 16 milliard dollarlik kredit liniyasini ochdi | |
Xitoy Belorussiyadagi o‘zining qo‘shma loyihalarini amalga oshirish uchun 16 milliard dollarlik kredit liniyasini ochdi. Kreditlar energetika, turarjoy qurilishi va boshqa sohalardagi loyihalarni bajarish uchun sarflanadi. Bu haqda "Vesti Ekonomika” nashri xabar qilgan.[ ?] Hozirda ikkala tomon birgalikda Belorussiyada texnopark ochish bo‘yicha muzokaralarni olib borayotgan bo‘lib, bu bo‘yicha loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda. Xitoy shu paytgacha ham Belorussiyaga bir necha marta kreditlar taqdim qilib kelgan. Avval xabar qilganimizdek, 2011-yilning sentabr oyida Xitoy hukumati Belorussiyaga bir milliard dollar miqdorida kredit ajratgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mablag‘ sun’iy yo‘ldoshli aloqa tarmog‘ini tarqatish uchun sarflanadi. Bundan tashqari, Belorussiyaning 2011-yildagi budjet defitsiti ham ma’lum hisobda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtirilgan edi. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning o‘rnatilganiga 20 yil to‘lgan bo‘lsa, bu yillar davomida Belorussiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 100 barobarga oshdi. Xususan, 2011-yilda bu ko‘rsatkich 3 milliard dollarni tashkil qildi. Xitoy banklari bugungi kunda sobiq ittifoq davlatlarida juda faol harakat qilishmoqda. Masalan, Belorussiyadan tashqari, Moldaviya hamda Rossiyaning "Rosneft” va "Transneft” kompaniyalariga ham yirik kreditlar ajratilgan. Xitoy va Belorussiya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega. | |
|
Всего комментариев: 0 | |