Juma, 31.01.2025, 00:07
Bosh saxifa Ro'yhatdang o'tish RSS
Xush kelibsiz, Гость
Menyular
So'rovlar
Sayt sizga yoqdimi ?
Hamma javoblar: 109
Statistika
Aloqa

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.ruJahongir_111@list.ru

----------------------------



Kirish nuqtasi
Mini-chat
Ob - Havo
Valyuta kursi
Календарь
«  Апрель 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Главная » 2012 » Апрель » 5 » Xitoy - AQSH dan o'zib ketti
08:37
Xitoy - AQSH dan o'zib ketti
Xitoy birin-ketin turli sohalarda jahonda yetakchilikni o‘z qo‘liga olmoqda. Shu paytgacha u avtomobillar savdosi, energiya iste’moli, yaqinda smartfonlar savdosida ham AQSHdan birinchilikni tortib olgan edi. Navbat oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ham yetib keldi.
[ ?]
Buyuk Britaniyaning "IGD” tadqiqot kompaniyasining hisoblashicha, 2011-yil yakunlariga ko‘ra Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari bozori pul ko‘rinishida 970 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida AQSHda ushbu ko‘rsatkich 910 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda "Vesti Ekonomika” nashri xabar qilgan.

Ekspertlar Xitoy oziq-ovqat bozorining kelajakda yana yuqori sur’atlarda o‘sib, 2015-yilga borib 1,5 trillion dollargacha yetishini taxmin qilishmoqda.

"IGD” tahlilchilari Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari bozorining o‘sishini uchta yirik omil bilan bog‘lashmoqda: iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishi, mamlakat aholisi sonining oshishi va oziq-ovqat tovarlari narxidagi inflatsiya.

Shunday qilib, hozirda jahon oziq-ovqat iste’moli bozorida Xitoy yetakchi maqomiga chiqqan bo‘lsa, AQSH va Yaponiya mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band qilishgan. Prognozlarga ko‘ra, 2015-yilga kelib Hindiston bu borada Yaponiyani quvib o‘tadi, ammo AQSH o‘sha paytda ham (bozor hajmi 1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda) ikkinchi o‘rinni o‘zida saqlab turadi.
Категория: Xorij xabarlari | Просмотров: 1799 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]