Menyular
So'rovlar
Statistika
Mini-chat
Календарь
« Август 2012 » | ||||||
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Поиск
Главная » 2012 Август 23 » UCG Beeline 2012
12:24 UCG Beeline 2012 | |
12 avgust kuni Yoshlar ijod saroyida Uzbekistan Cyber Games Beeline 2012
Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblarini
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kuni kecha o‘tkazilgan milliy final
yakunlari bo‘yicha butun O‘zbekistondan eng yaxshi e-sportchilar eng
ommaviy o‘yin turalri bo‘yicha to‘rtta medal to‘plamini o‘ynadilar.[ ?] DOTA All Stars 5x5 jamoaviy o‘yinda I o‘rinni YS jamoasi (Bobur Naximbekov, Abror Xusainov, Abduvali Shamsutdinov, Islom Saidmaxsumov, Suhrob Norbo‘taev). II va III o‘rinlar Comeback va Night clan jamoalariga nasib qildi. Need For Speed: Most Wanted o‘yinida oliy o‘rinni Kirill Yelximov egalladi, kiberpoygalarning "kumush” va "bronza”sini Ali Yusupov va Oleg Yakovlev bo‘lishib oldilar. "Chempionat yakunlarini sarhisob qilib, O‘zAAA, shuningdek Fond Forum, "Kelajak ovozi” YOTM va "Bilayn” kabi nufuzli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak evaziga u eng yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi, deyish mumkin — deydi Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Butun mamlakatdan 2000 dan ortiq geymerlar UCG Beeline 2012 da ishtirok eta oldilar, ulardan 36 tasi esa medal va sovg‘alarga ega bo‘ldi. Musobaqalar yakunlari bo‘yicha biz Jahon chempioanti finalida ishtirok etadigan milliy terma jamoani shakllantiramiz. Asosiy vazifamiz – yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va O‘zbekiston sharafini jahon kibersport arenasida munosib himoyat qilish”. Eslatib o‘tamiz, UCG Beeline 2012 ikki o‘yin yo‘nalishi World Cyber Games 2012 jahon birinchiligining rasmiy dasturiga kiradi. Uning Grand-finali noyabr oyida Xitoyning Kunshan shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu FIFA 2011 futbol simulyatori va Counter Strike 1.6 jamoaviy shuteri. FIFA 2011 o‘yinida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: oltin medal va WCG 2012 ga yo‘llanmani qattiq kurashda II o‘rinni egallagan Otabek Haydaralievni mag‘lub qilib, Kirill Tulyaganov qo‘lga kiritdi. Chempionatning bronza sovrinini farg‘onalik Abror Rustamov qo‘lga kiritdi. Eng shiddatli o‘yin eng ommaviy Counter Strike o‘yini muxlislari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi: mamlakatning eng yaxshi jamoalarining yakuniy kurashi UCG apofeoziga aylandi. Natijada sovrin eng kuchlilarni topdi: O‘zbekiston sha’nini Xitoyda poytaxtning Storm jamoasi himoya qiladi, uning o‘yinchilari – Niyozi Ibragimov, Server Kerimov, Timur Nizomov, Dilshod Majidov va Rishat Gizdelxanov – bekorga musobaqalarning favoritlari hisoblanmagan. Toshkentlik beshlik finalda Andijonning MIUZ jamoasini mag‘lub etishga erishdi. Oxirgi jamoa Vodiyga chempioantning haqqoniy yutib olgan "kumush”ini olib ketdi. Birinchilikning bronza medallari Impact jamoasini bezadi. UCG Beeline 2012 ning barcha g‘oliblariga chempionat medallaridan tashqari bosh homiydan sovg‘alar berildi: smartfonlar va "Bilayn” 3G Wi-Fi routerlari. Geymerlarga ularni O‘zAAA Bosh direktori Xurshid Mirzohidov, "O‘zbektelekom” AK Bosh direktori Mahsum Mahmudov va "Kelajak ovozi” YOTM loyihlarining muvofiqlashtiruvchisi Abduhakim Abduraimov taqdim etdi. Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmalarni FIFA 2011 va Counter Strike 1.6 g‘oliblari Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyukdan oldilar. Taqdirlash marosimi bayramona konsert bilan birga o‘tkazildi, unda Munisa Rizaeva, Lola va Shahzoda ishtirok etdi. Mazkur voqeani sharhlar ekan, Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: "Bitta narsani aytishim mumkin: bular fantastik o‘yinlar bo‘ldi! Men turli sport tadbirlarida ko‘p bo‘lsam-da, anchadan beri bunday drayv, ehtiroslarning bu kabi avjini ko‘rmaganman. Ehtimol, ilk bor deyarli hududlarni yuz foiz qamrab olishga erishildi, shuning uchun milliy birinchilikda O‘zbekistonning barcha chekkalaridan geymerlar ishtirok etishdi. Shubhasiz, bu erishuvlar darajasiga ham xizmat qildi, chunki eng yaxshilar ichida sarasini ko‘rish imkonimiz bo‘ldi. Terma jamoamizga Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishini chin dildan tilayman!” Taqdirlash marosimi Jahongir Poziljonovning otashin "Zo‘r-Zo‘r” xiti bilan yakunlandi. Batafsil ma’lumot www.infocom.uz va www.facebook.com/beeline.uz saytida. Forumda muhokama etish www.esport.uz. | |
|
Всего комментариев: 0 | |