Menyular
So'rovlar
Statistika
Главная » 2012 Апрель 7 » O‘zbekiston milliy elektron to‘lov tizimini ishlab chiqmoqda
21:19 O‘zbekiston milliy elektron to‘lov tizimini ishlab chiqmoqda | |
O‘zbekiston 2012-2013 – yillarda so‘mli plastik kartochkalar va elektron to‘lovning boshqa vositalari bo‘yicha Internet orqali to‘lovlarni qabul qilish va ularni qayta ishlash uchun milliy to‘lov tizimini yaratish loyihasi ustida ishlaydi. Bu haqda "UzDaily” nashri xabar qilgan. ?] Ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va Savdo-sanoat palatasi zimmasiga yuklangan. Mazkur loyiha doirasida tovar va xizmatlar haqqini Internet orqali to‘lash imkoniyatlarini oshirish uchun zaruriy texnik va dasturiy infratuzilma yaratiladi. Ushbu loyihani amalga oshirish muomaladagi naqd pul aylanmasini qisqartirish hamda elektron to‘lovlar tizimini soddalashtirish va optimallashtirish imkoniyatini beradi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |