09:34 O'zbek boyvachchasi, "Megafon" ni sotib olli !!! | |
Rossiyaning 2012-yildagi eng badavlat biznesmeni hisoblangan Alisher Usmonov "MegaFon” uyali aloqa operatorining "Altimo” kompaniyasiga tegishli aksiyalarini sotib olmoqchi. "RBK Daily” gazetasining yozishicha, ushbu bitim 5 milliard dollar qiymatida baholangan. Shundan so‘ng, "MegaFon” aksiyalarining nazorat paketi Alisher Usmonovga o‘tadi. [ ?] Eslatib o‘tamiz, "Altimo” rossiyalik yana bir badavlat biznesmen – Mixail Fridmanga tegishli "Alfa-grupp” kompaniyasining telekom aktivlarini boshqaradi. Hozirda, "Altimo” kompaniyasi "MegaFon”ning 25,1 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Alisher Usmonovga tegishli "AF Telekom Xolding” kompaniyasi esa hozirda "MegaFon”ning 31,13 foiz aksiyasiga egalik qilsa, qolgan 43,77 foiz aksiya esa Shvetsiyaning "TeliaSonera” telekom kompaniyasiga qaraydi. Agarda yuqorida tilga olingan bitim amalga oshadigan taqdirda, Alisher Usmonov 56,23 foiz aksiyasi bilan "MegaFon” ustidan to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga oladi. 2011-yil yakunlariga ko‘ra, "MegaFon”ning abonentlari soni 60 milliondan oshib ketgan. Kompaniyaning daromadi 2011-yilda 242,6 milliard rublni (8 milliard dollar) tashkil qilib, bunda uning sof foydasi esa 43,5 milliard rublga (1,4 milliard dollar) teng bo‘lgan.[$CUT$ ?] Ma’lumot o‘rnida: "Bloomberg” axborot agentligi hamda nufuzli "Forbes” jurnali Alisher Usmonovni 2012-yilda Rossiyaning eng badavlat kishisi deb topdi. "Bloomberg”ga ko‘ra, "Metalloinvest” kompaniyasining egalaridan biri sanalgan Alisher Usmonovning boyligi 2012-yil mart oyi holatiga 20,1 milliard dollar qiymatida baholangan. "Forbes” jurnali esa uning moliyaviy holatini 18,1 milliard dollar qiymatida baholagan. Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan Alisher Usmonov hozirgi kunda "Metalloinvest”dan tashqari, "Kommersant” nashri, "Mail.Ru Group” kompaniyasi, "Facebook” sotsial tarmoq saytining 5,5 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi "Digital Sky Technologies” kompaniyalariga ham egalik qiladi. Bundan tashqari, biznesmen turli sohalardagi bir nechta "start-ap” kompaniyalarga ham investitsiya kiritgan. | |
|
Всего комментариев: 1 | |||
| |||