Menyular
So'rovlar
Statistika
Главная » 2012 Март 29 » “Google I/O 2012” konferensiyasi uchun chiptalar 28 daqiqada sotib tugatildi
08:37 “Google I/O 2012” konferensiyasi uchun chiptalar 28 daqiqada sotib tugatildi | |
Google internet-gigantining har yili o‘tkazib keladigan "Google I/O” konferensiyasi uchun chiqarilgan chiptalar 28 daqiqada sotib tugatildi, deya xabar beradi "Droid Life” texnoblogi.[ ?] Eslatib o‘tamiz, "Google I/O 2011” konferensiyasida chiptalar 59 daqiqada sotib tugatilgan edi. Chiptaning narxi talabalar uchun 300 AQSh dollari bo‘lib, talabalik chegirmasisiz narxi esa 900 dollar. Konferensiya 27-29 – iyun kunlari AQShning Kaliforniya shtati, San-Fransisko shahrida o‘tkaziladi. Shuni aytish joizki, "Google I/O 2012” chiptalarining bir qismini olib-sotarlar olishgan. Chiptalarning sotilishi to‘xtatilishi bilanoq, eBay onlayn-auksionida chiptalar paydo bo‘ldi. Hatto, ba’zilar bir dona chipta uchun 4,5 ming dollar so‘ramoqda. "Google I/O” dasturchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, konferensiya doirasida Google mahsulotlari va texnologiyalariga bag‘ishlangan turli seminarlar o‘tkaziladi. Odatda, Google ushbu konferensiyada o‘zining yangi ishlanmalarini taqdim etadi. Masalan, 2010-yilda "Google TV” pristavkasi, 2011-yilda esa "xrombuklar” (Chromebook) va "Android 4.0 Ice Cream Sandwich” mobil operatsion tizimi namoyish qilingandi. Taxminlarga ko‘ra, bu yilgi "Google I/O 2012” konferensiyasida Android mobil operatsion tizimining yangi "Jelly Bean” ("chaynaladigan konfet”) versiyasi va Nexus brendi ostidagi arzon planshet kompyuter namoyish qilinadi. "Google I/O” konferensiyasi 2008-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Har yili unda o‘rtacha 5 ming odam ishtirok etadi. Oldinlari ushbu konferensiya ikki kun davom etardi, bu yildan boshlab ilk marta uch kun mobaynida o‘tkaziladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |