Juma, 31.01.2025, 08:27
Bosh saxifa Ro'yhatdang o'tish RSS
Xush kelibsiz, Гость
Menyular
So'rovlar
Sayt sizga yoqdimi ?
Hamma javoblar: 109
Statistika
Aloqa

Portal mamuryati:
Admin
Агент@mail.ruJahongir_111@list.ru

----------------------------



Kirish nuqtasi
Mini-chat
Ob - Havo
Valyuta kursi
Календарь
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Поиск
Главная » 2012 » Март » 30 » Endi "svet" o'chmaydi !!!
03:36
Endi "svet" o'chmaydi !!!

Jahon banki Boshqaruvchilar kengashi 2012-yil 27-mart kuni O‘zbekistonga 180 million dollar miqdorida kredit ajratish qarorini ma’qulladi. Bu haqda "Kun.uz” nashri xabar qilgan.[ ?]

Bu mablag‘ Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida elektr-energiya iste’molini hisoblash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va shu yo‘l bilan tijoriy zararlar miqdorini kamaytirish uchun sarflanadi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takuya Kamataning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy hisoblagichlar va shunga mos "aqlli” texnologiyalar elektr-energiya iste’molini nazorat qilishga ko‘mak beradi va bu ham viloyatlardagi hududiy ta’minotchi kompaniyalar uchun, ham iste’molchilar uchun foydali bo‘ladi.

Loyiha doirasida 1,2 million dona zamonaviy hisoblagichlar va kommunikatsiya tizimlarini o‘rnatish, shuningdek, yangi billing yechimlarini joriy etish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha elektr-energiya iste’molini hisobga olish bo‘yicha milliy dasturning bir qismi hisoblanadi. Loyiha konsepsiyasi "O‘zbekenergo” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) yaqin hamkorligida ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki guruhining Boshqaruvchilar kengashi 2011-yil 6-dekabr kuni bankning O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishining yangi strategiyasini k edi. Ushbu strategiya Jahon bankining 2012-2015 – yillardagi O‘zbekistondagi faoliyati bo‘yicha bosh dastur bo‘lib xizmat qiladi. Yangi strategiyaga muvofiq, ushbu yillar davomida bank O‘zbekistonga 1,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy paket taqdim qiladi.

Avval xabar qilganimizdek, OTB Boshqaruvchilar kengashi 2011-yil 20-sentabr kuni O‘zbekistonga "Elektr energiyasining zamonaviy hisobi” loyihasi bo‘yicha 150 million dollar kredit ajratishga qaror qilgan edi. Ushbu loyiha doirasida Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida jami 1 million dona elektr energiyasini hisoblovchi zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatiladi. Hisoblagichlar avtomatlashtirilgan nazorat tizimi bilan ishlaydi.

Ma’lumot o‘rnida:

O‘zbekiston 1992-yildan beri Jahon bankining a’zosi. Hozirda Jahon banki O‘zbekistonda 10 ta loyihani moliyalashtirmoqda. Ushbu loyihalar bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy qarzdorligi 630 million dollarni tashkil qiladi.

Категория: Bosh saxifa | Просмотров: 860 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]