Menyular
So'rovlar
Statistika
Главная » 2012 Март 22 » Chiqib ketyapsizmi, buncha TEZ?!
00:14 Chiqib ketyapsizmi, buncha TEZ?! | |
So‘nggi paytlarda foydalanuvchilar hamda kuzatuvchilarning turli xildagi e'tiroflariga sabab bo‘layotgan «odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘ining ayrim jihatlari, menimcha, «tarmoqchilik» psixologiya qoidalariga zid. Misol uchun, siz bu tarmoqda 1,5 kun doimiy faol bo‘lib tursangiz ham (shaxsiy tajribamdan kelib chiqdim), «chiqish» tugmasini bosishingiz bilan «chiqib ketayapsizmi, buncha tez?» degan savolni o‘rtaga ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Foydalanuvchining avzoyiga qarab, bu turlicha ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki inson doim mustaqil bo‘lishni xohlaydi. Siz yaxshi tanimaydigan biror kishi sizga «nega unday qilyapsan?» deb savol berishi yoqmagani kabi. Menimcha, bu jumlalarni umuman olib tashlash yoki o‘rniga «yumshoqroq» jumla ishlatish kerak (Masalan, «kelib turing» ga o‘xshash;) Rasmda ko‘rsatilgan ikkinchi savolga esa to'xtalib o'tishni joiz topmadim. Umuman olganda, negadir men shu tarmoqni ko'chadagi har xil savollar beraveradigan g‘iybatchi ayollarga o‘xshataman. Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz. | |
|
Всего комментариев: 0 | |