Menyular
So'rovlar
Statistika
Главная » 2012 Апрель 10 » Badavlat er ni qidirayotgan qiz ?
17:39 Badavlat er ni qidirayotgan qiz ? | |
Mashhur forumlarning birida o‘ziga badavlat
er qidirib bir qiz quyidagilarni yozib qoldirdi.Yoshim 25da. Men juda
ham chiroyli, kelishgan, zamon va moda bilan hamnafas qizman. Boy bir
kishiga turmushga chiqmoqchiman, oyligi yiliga 500 ming dollardan kam
bo‘lmasligi kerak… Sarlavha: "Badavlat erga tegish uchun nima qilishim kerak?”.[ ?] Bu yerda ichimdagilarni yashirmasdan, barchasini oshkor yozmoqchiman. Yoshim
25da. Men juda ham chiroyli, kelishgan, zamon va moda bilan hamnafas
qizman. Boy bir kishiga turmushga chiqmoqchiman, oyligi yiliga 500 ming
dollardan kam bo‘lmasligi kerak. Siz meni juda ham och ko‘z qiz ekan
deyishga shoshilmang, chunki Nyu-Yorkda yiliga 1 million dollar
topadigan kishi o‘rta sinf vakili hisoblanadi. Meni
talablarim juda yuqori emas, ayni shu forumda kimdir chiqar, yiliga 500
ming dollar ishlab topadigan?! Yoki hamma uylanib bo‘lganmi? Men
sizlardan so‘ramoqchiman. Aytinglar, badavlat kishiga turmushga chiqish
uchun nima qilay? Shu paytgacha yurgan yigitlarimdan eng boyvochchasi
yiliga 250 ming dollar topar edi. Bu Nyu-Yorkdagi men xohlagan yerda
yashash uchun yetarli mablag‘ emas. Shuning uchun, ruxsatingiz bilan, quyidagi savollarni bersam: 1) Badavlat kishilar qayerlarda ko‘proq yurishadi? Klub, restoran, diskoteka, bar nomlarini yozishingizni so‘rayman. 2) Qaysi qatlamni tanlashim zarur? Masalan, yoshroq yigitlarmi yoki yoshi kattaroqlarmi? 3)
Ko‘p ko‘rganman, badavlat kishilarning ayollari juda chiroyli ham
bo‘lishmaydi. O‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ular buni qanday
uddalashadi? 4)
Badavlat kishilar, aytinglar, sizlarga xotinlikka ko‘proq qanday qizlar
kerak va qaysi qizlar faqat ko‘ngilxushlik uchun kerak? Mening maqsadim
turmushga chiqish. Hurmat bilan, Go‘zal Hurliqo. "JP Morgan” banki rahbaridan faylasufona javob. Azizim Go‘zal Hurliqo, Sizning
xatingizni zo‘r qiziqish bilan o‘qib chiqdim. Fikrimcha, juda
ko‘pchilik qizlar shu kabi savollar bilan xayollarini band qilib
yurishadi. Iltimos, bergan savollaringizdagi holatni professional
investor sifatida tahlil qilishga ruxsat bersangiz. Menning
yillik daromadim 500 ming dollardan ziyod va bu bilan sizning
talabingizga javob beraman. Qolaversa bu – bu yerda bekorga vaqt
sarflamayotganimni bildiradi, ya’ni, sizni pul jihatdan qoniqtira
olaman. Biznesmen,
ya’ni, ishbilarmon kishi sifatida, sizga uylanish yomon qaror
hisoblanadi. Javob juda oddiy, xatimni o‘qishda davom eting. Dangal
qilib aytganda, siz "chiroy”ni "pul”ga ayri bosh qilmoqchisiz, barter
qilmoqchisiz. Gulchapchap chiroyini beradi, Qulmamat uning uchun pul
to‘laydi, sodda va lo‘nda, bir qarashda adolatli. Lekin,
bu yerda yaxshigina muammo mavjud. Sizning chiroyingiz yil sayin so‘nib
boradi, ammo pul esa, yaxshigina sabab bo‘lmasa, o‘zidan o‘zi yo‘qolib
ketmaydi. Gap shundaki, yigitning topishi yildan yilga yaxshilanishi
mumkin, ammo sizning chiroyingiz yildan yilga yaxshilanmaydi. Shu
sababli iqtsodchi nuqtai nazaridan, boylikni hisobga olganda men yildan
yilga bahosi oshib boradigan mulkman, siz esa aksincha. Siz chiroyni
hisobga olganda, yildan yilga bahosi yuqori suratda pasayadigan mulksiz.
Va bu siz maqtanadigan yagona xususiyat bo‘lsa, sizning bahoingiz 10
yilda umuman qolmaydi. Biz
Uol Stritda ishlatadigan atama bilan aytganda, siz bilan uchrashib
yurishgina biz uchun "qulay vaziyat”. Agar savdo bahosi tushib ketsa,
siz o‘ylagan turmush bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. Xafa bo‘lmasangiz,
soddaroq tushuntiraman. Bahosi tez pasayadigan narsalar odatda sotib
olinmaydi, balki ijaraga olinadi. Shu sabab, sizni "ijaraga” olishimiz
mumkin. Demak,
kimni 500 ming dollar puli bo‘lsa, u ahmoq odam emas; siz bilan faqat
uchrashib yurishimiz mumkin xolos, lekin hech qachon uylanmaymiz. Sizga
bunday maqsadlarni unutishingizni maslahat bergan bo‘lardim. Uning
o‘rniga yaxshi hislat orttirib yoki o‘zingiz tadbirkorlikka qo‘l urib
500 ming dollardan ko‘proq daromad ishlashingiz mumkin. O‘ylaymanki, yozganlarim sizga yordam beradi. Imzo, "JP Morgan” rahbari. | |
|
Всего комментариев: 0 | |