07:10 1-apreldan, Xitoyga gaz sotamiz !!! | |
O‘zbekiston 2012-yilning 1-aprelidan "Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuri orqali Xitoyga tabiiy gaz eksport qilishni boshladi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Shokir Fayzullayev ma’lum qilgan, deya xabar beradi "UzDaily” nashri.[ ?] Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi "O‘ztransgaz” hamda Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC – China National Petroleum Corporation) bo‘linmasi sanalgan "PetroChina International Company Ltd.” o‘rtasida 2011-yilda o‘zbek gazini Xitoyga yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Ma’lumot o‘rnida: 2009-yil oxirida yillik o‘tkazish quvvati 30 milliard kubometr bo‘lgan hamda "Turkmaniston – O‘zbekiston – Qozog‘iston – Xitoy” orqali o‘tuvchi "Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuri orqali Xitoy Xalq Respublikasiga gaz eksport qilish boshlangan. Kelajakda ushbu gaz quvurining yillik o‘tkazish quvvatini 60 milliard kubometrgacha yetkazish rejalashtirilgan. Shu paytgacha ushbu gaz quvuri orqali Xitoyga faqat Turkmaniston tabiiy gaz eksportini amalga oshirayotgan edi. Endi, 2012-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston ham unga qo‘shildi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |